Buxoroda voyaga yetmagan qizni fohishalikka undagan qo‘shmachi ayol ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro shahrida qo‘shmachilik qilib kelgan va voyaga yetmagan qizlarni ham shu ishga chorlagan ayolga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, G‘ijduvon tumani “Pozagari” MFYda yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan S.M. ismli ayol fuqarolar S.O. va N.F. ismli hamda voyaga yetmagan X.J. bilan telefon orqali tanishib, ular bilan uchrashib, ularga Buxoro shahrida yaxshi daromadli ish borligini aytib qiziqtirgan.

S.M. ularga fohishalik bilan shug‘ullanishlarini, o‘zi mijoz topib berishini tushuntirgan. U 2021 yil o‘rtalaridan 2022 yil mart oyiga qadar ayollarni  Buxoro shahridagi turli millatga mansub fuqarolarga ma’lum bir haq evaziga turli joylarga yuborib, qo‘shmachilik qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro fohisha qo'shmachilik

Baholaganlar

456

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing