Buxoroda ushlangan rossiyalik blogerga bosim bo‘lganmi? Bojxona xizmati izoh berdi
Jamiyat
−
05 fevral 2022
6210Buxoro aeroportida qo‘lga olingan rossiyalik bloger Maksim Limarga hech qanday tayziq o‘tkazilmagan. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.
Boshqarmaga ko‘ra, joriy yilning 2 fevral kuni Buxoro xalqaro aeroportida Novosibirsk shaxriga parvozi oldidan bojxona nazoratidan “yashil” yo‘lak orqali o‘tayotgan Rossiya fuqarosining qo‘l sumkasi ichida 1 dona uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlangan.
“Yuqoridagi holatni rasmiylashtirish jarayonida xorijiy shaxs M.L.ga nisbatan hech qanday ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilmagan, amaldagi qonunchilik talablariga asosan o‘z huquqlaridan to‘lakonli foydalanishi ta’minlangan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bojxona organi tomonidan fuqarolik pasporti olib qo‘yilmagan va unga nisbatan erkin yashashi uchun hech qanday cheklov o‘rnatilmagan.
O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi 3 fevral kuni Buxoro aeroportida Rossiya fuqarosi Maksim Limar Buxorodan Novosibirskka uchib ketish vaqtida aeroportda ushlangani haqida xabar bergan edi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan uchuvchisiz apparatlarni olib kirish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
LiveBarchasi