Buxoroda o‘quvchilarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. Qurbon bor (video)
3-sahifa
−
18 mart
18253Bugun, 18 mart kuni Buxoro viloyati Kogon tumanida maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.
Hodisa bugun, 18 mart kuni soat 10:30 lar atrofida Buxoro viloyatining Kogon tumani hududidan o‘tuvchi A-380b avtomobil yo‘lining 32-kilometri hamda 4R-69 avtomobil yo‘lining 6-kilometri kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan.
1991 yilda tug‘ilgan haydovchi O.Sh. boshqaruvida bo‘lgan avtobus hamda 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi M.M. boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomobili to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida bir nafar avtobus yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. 25 nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Fojia yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 fevral kuni Toshkent shahri va viloyatida harakatlanuvchi ikkita avtobus yonib ketgan edi.
LiveBarchasi