Buxoroda to‘y korteji uyushtirganlar jazolandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida to‘y kortejini tashkillashtirgan 9 ta avtomobil haydovchilari javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Bildirilishicha, 9 avgust kuni Buxoro shahridagi to‘ylarning birida 9 ta avtomobil ishtirokida kortej uyushtirilib, xavfli vaziyatlar yuzaga keltirilgan. 

Surishtiruv davomida ushbu kortejga boshchilik qilgan haydovchi avval ham xuddi shu turdagi huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular boshqaruvida bo‘lgan transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada to‘y korteji uyushtirganlar qamalgani haqida xabar berilgandi. 

Maftuna Madaminova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made