Buxoroda to‘rt mingdan ziyod qoramol o‘g‘irlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi MCHJning javobgar shaxslari unga tegishli 1,4 milliard so‘mlik 4 231 bosh chorva mollarini o‘zlashtirib olgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, prokuratura departamentining Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda tumandagi “Q.N.” MCHJning moddiy javobgar shaxslari o‘zlariga ishonib topshirilgan 1,4 milliard so‘mlik 4 231 bosh chorva mollarini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan. 

Shuningdek, tergov davomida MCHJ sobiq rahbari F.D. ta’sischilarning xabardorligisiz soxta ma’lumotlar rasmiylashtirib, MCHJ binosini “F.F.” MCHJga bank muassasasidan ajratilgan 550 million so‘m kreditni olish uchun garovga qo‘ygani ma’lum bo‘lgan.

Departamentga ko‘ra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Qorako'l o'g'irlik chorva mollari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing