Buxoroda traktor tirkamasi zovurga ag‘darildi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Kecha, 12 may kuni soat 13:10 larda Buxoro viloyati, Romitan tumani, “Qumrabot” MFY, Saroy qishlog‘ida traktor tirkamasining zovurga ag‘darilishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

1975 y.t. O.I. “MTZ-80” rusumli traktori bilan “Normurod Niyoz” fermer xo‘jaligi dala hududida, transport vositalari harakati uchun mo‘ljallanmagan cho‘l hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda, yomg‘ir yog‘ib, hudud loy bo‘lganligi sababli, traktor tirkamasi sirpanib, zovurga ag‘darilgan.

Natijada, tirkama ustida bo‘lgan fuqarolar 1987 y.t. Sh.P. (ayol), 1986 y.t. O.I. (ayol)lar voqea joyida vafot etgan, 1982 y.t. F.J. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro traktor

Baholaganlar

230

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing