Buxoroda tarixiy tangalarni chet elga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

3-sahifa

image

Buxoro aeroportida jami 96 dona numizmatika ashyolarini xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqida viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Aytilishicha, u "Buxoro-Vnukovo" aviareysi orqali harakatlanayotib, chegara bojxona postining bojxona nazorati zonasidan o‘tish paytida, uning bagaji inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida skanerdan o‘tkazilgan. Natijada, bagaj ichidan hech qanday tegishli hujjatlarda ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan jami 96 dona tarixiy tangalar borligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, numizmatika buyumlarining qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida viloyat madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza tayinlangan hamda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

Ma’lumot uchun, "Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida"gi Qonunga asosan, zarb etilganligiga 50 yildan oshgan numizmatika buyumlarini respublika hududidan olib chiqib ketish taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro tarixiy tangalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing