Buxoroda tanishini pichoqlab o‘ldirgan 44 yoshli erkak 13 yilga qamaldi
3-sahifa
−
14 iyun
3824Buxoro viloyatining Kogon shahrida o‘z tanishini pichoqlab o‘ldirgan 44 yoshli erkak 13 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Kogon shahrining “Zirabod” mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro shaxsiy ishlari yurishmayotgani va turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari buzilishida tanishini aybdor deb hisoblab, undan qasd olishni rejalashtiradi.
Shu yilning 27 yanvariga o‘tar kechasi soat 2:30 larda u yashash uyidan oshxona pichog‘ini olib, tanishining xonadoniga boradi. Devordan oshib, hovli ichkarisiga kirgan erkak tanishining yotoqxonasiga kiradi va uning yuz sohasiga uradi. So‘ng pichoq bilan ko‘krak qafasiga uradi. Marhumning qarshiliklariga qaramay, tanasining bir necha joylariga pichoq urib, uni o‘ldiradi.
Sud davomida ayblanuvchi avvaldan o‘ziga tanish bo‘lgan marhuma bilan so‘nggi yillarda oralari buzilib, bir necha marta kelishmovchilik yuzaga kelganligi, uning hatto ayoli bilan munosabatlari buzilishiga sabab bo‘lgani, shu tufayli tanishini o‘ldirish rejasini tuzganini tan olgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudida ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasida (qasddan odam o‘ldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xorazm viloyati Shovot tumanida xotinini sehr-jodu bilan shug‘ullanishda ayblab, bolta bilan urib o‘ldirgan erkakka nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
LiveBarchasi