Buxoroda talonchi ayol 13 yashar qizni bolg‘a bilan urib o‘ldirmoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Buxoro shahrida uyida yolg‘iz qolgan 13 yoshli qizni bolg‘a bilan urib o‘ldirishga uringan va xonadonda o‘g‘rilik sodir etgan bosqinchi ayol qo‘lga olindi

Ta’kidlanishicha, 2020 yilning 16 noyabr kuni soat 18:10 da shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Buxoro filiali navbatchi shifokori shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilgan. Shifokor 5-sinf o‘quvchisiga og‘ir tan jarohati yetkazilganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIB IIO tergov-tezkor guruhi surishtiruv va tergov harakatlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, Buxoro tumanida yashovchi 35 yoshli ayol M.Sh. bir necha yildan buyon ota-onasi qaramog‘ida bo‘lgan 13 yoshli F.M. istiqomat qiluvchi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatidagi go‘zallik salonida ishlab kelgan. Voyaga yetmagan qizning ota-onasi ishga ketganidan foydalangan ayol xonadonga kirgan va yonida o‘zi bilan olib kelgan qo‘lbola usulda tayyorlangan temir bolg‘acha bilan qizaloqning bosh qismiga shafqatsizlarcha urgan. Ustiga-ustak, uning yuzini yostiq bilan bosib, bo‘g‘gan. 

Jon talvasasida ko‘p qon yo‘qotgan qiz hushidan ketgan. M.Sh. esa uni o‘ldi, deb o‘ylab, xonadondan 12 turdagi ayollar tilla va kumush taqinchoqlarini, 100 dollar va 6 million 250 ming so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab qochgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi "i" bandi (ta’magirlik niyatida qotillikka suiqasd) va 164-moddasi 3-qismi "a" bandi (takroran, xavfli retsidivist tomonidan bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda bosqinchi ayol qamoqqa olingan va dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro talonchilik

Baholaganlar

614

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing