Buxoroda tadbirkordan 60 mln so‘m pora talab qilgan mansabdor ushlandi

3-sahifa

image

Buxoroda tadbirkordan qurilish ishlari dalolatnomasini imzolash uchun 60 mln so‘m talab qilgan xo‘jalik rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Qorako‘l davlat o‘rmon-ov xo‘jaligi rahbari A.J. ushbu xo‘jalikda “O.H.” MCHJ tomonidan bajarilgan 612 mln so‘mlik qurilish ishlari bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani imzolashi hamda 157 mln so‘m qarzdorlikni MCHJga o‘tkazib berishi evaziga tadbirkor L.O.dan 60 mln so‘m talab qilib, shundan 45 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi departamentning xabarida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoroda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarodan 3 ming AQSH dollarini olgan firibgar qo‘lga olingandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pora Buxoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing