Buxoroda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

3-sahifa

image

Buxoroda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berib, fuqaroni chuv tushurgan firibgar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2019 yilning iyun oyida Shofirkon tumani “Chandir” mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan Q.F. aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaro S.N.ga uning o‘g‘li B.Y.ni oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Firibgar undan 3 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olib, olingan pullarni o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismii bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

firibgar Buxoroda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing