Buxoroda Somoniylar davriga oid noyob qoldiqlar topildi
Bu qiziq
−
10:24 843 1 daqiqa
Buxoro shahridagi Shahriston arxeologik yodgorligida Somoniylar davriga oid jome masjidining me’moriy bezaklari – kufiy yozuvlar tushirilgan ganch panel qoldiqlari aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
.png)
Qayd etilishicha, noyob topilma O‘zbekiston–AQSH xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar davomida aniqlangan. Ekspeditsiya ishida O‘zbekiston va AQSH mutaxassislari bilan birga Rossiya va Eron arxeologlari, rassomlar, chizmachilar hamda “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi xodimlari ishtirok etmoqda.
.png)
Ekspeditsiya rahbari Jamoliddin Mirzaxmedovning bildirishicha, ganch panel qoldiqlari to‘liq va yaxshi saqlangan holda yetib kelmagan. Shu sababli topilmani saqlab qolish maqsadida mutaxassislar tomonidan restavratsiya va konservatsiya ishlari olib borilmoqda.
Bildirilishicha, mazkur topilma Buxoroning Somoniylar davri me’morchiligi, xususan, ganch o‘ymakorligi va epigrafik bezak an’analarini o‘rganishda muhim ilmiy manba hisoblanadi.
“Ayni paytda Shahriston yodgorligida arxeologik tadqiqotlar bilan bir qatorda aniqlangan me’moriy ganch bezaklarini mustahkamlash, konservatsiya qilish va ilmiy o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida olib borilgan arxeologik qidiruvlar davomida tosh davriga oid yangi makonlar hamda 30 ga yaqin qoyatosh tasviri aniqlangandi.
Live
Barchasi