Buxoroda soliq inspektori pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
28 iyul 2025 7623 2 daqiqa
Buxoro shahrida MCHJ rahbarining mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 dollar talab qilgan soliq inspektori ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ tomonidan 2024 yil noyabr-dekabr hamda joriy yil yanvar-fevral oylari uchun jamiyatni aylanmadan olinadigan soliq hisoboti va daromad soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagani uchun MCHJ rahbariga nisbatan Buxoro shahar soliq inspeksiyasi tomonidan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorga asosan MIB Buxoro shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan. O‘z navbatida, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan esa MCHJga nisbatan qo‘llanilgan jazoni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarilgan.
Ammo Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi sho‘’ba bosh inspektori sud qaroriga asosan MCHJ rahbarining mol-mulkiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 AQSH dollari talab qilgan. DXX va IJQK departamenti viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori va Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasining Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori pora bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025