Buxoroda sifatsiz dorilar savdosiga chek qo‘yildi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Buxoro tumanida sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosiga barham berildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi 40 yoshli fuqaroning yashash xonadoni hamda unga aloqador bo‘lgan avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, “Imudon”, “Serebrolizin”, “Dofamin”, “Maaloks” kabi jami 78 nomdagi 978 quti sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Buxoro shahrida yashovchi 63 yoshli shaxs uning jinoiy sherigi ekani aniqlangan. DXXga ko‘ra, agarda ushbu dori vositalari to‘xtatib qolinmaganida ular Buxoro shahri, Shofirkon, Peshku va Romitan tumanlaridagi dorixonalar orqali sotuvga chiqib ketgan bo‘lar edi.

Holat yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,1863-moddasi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining 32 nomdagisi davlat reyestrida qayd etilmagani, 57 nomdagisiga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagani, 6 nomdagisi sifatsizligi hamda 4 nomdagisi qalbakilashtirilgani, shuningdek, saqlash sharoitlariga amal qilinmagani sababli ularni O‘zbekistonda sotish, saqlash va amaliyotida qo‘llash taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida qo‘lbola usulda tayyorlangan, sifatsiz dori mahsulotlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Imudon Tserebrolizin Dofamin Maaloks sifatsiz dorilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing