Buxoroda propan “zapravka”da yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Kecha, 23 may kuni Buxoro viloyati Olot tumanida propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 21:15 larda Olot tumani “Jayxunobod” MFYda joylashgan “Siroj servis” MCHJga qarashli propan gaz quyish shoxobchasi hududida Kamaz rusumli avtomobilga gaz quyish vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv avtoekipajlari jalb qilingan va ular soat 21:19 da yetib borgan. Yong‘in soat 21:40 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida portlash sodir bo‘lmagan. Yong‘indan avtomobilning yon tomonidagi gaz quyish agregatlari va suyultirilgan uglevodorod gazi qisman yongan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga harakat qilgan fuqarolarning tan jarohati olish holatlari qayd etilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi bo‘lib, shifokorlar nazoratida. Yong‘inning kelib chiqish sababi gaz quyish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi deb taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Namangan tumanida gaz to‘ldirish shoxobchasida “Jiguli” avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan edi. Yong‘in oqibatida fuqarolar kuyib, tan jarohati olish holati kuzatilmagan va shoxobcha binosiga zarar yetmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Buxoro gaz quyish shoxobchasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing