Buxoroda poyezd Nexia bilan to‘qnashdi. Ikki kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 29 noyabr kuni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani hududidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tasarrufidagi ichki xo‘jalik avtomobil yo‘lida teplovoz va Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. 

YTH zavod tasarrufidagi ichki xo‘jalik avtomobil yo‘lining Qorovulbozor razezdi, 144-sonli bekatlar oralig‘i 4000 km 3-piketi bilan kesishgan temir yo‘l kesishmasida yuz bergan.

Korxona tomon yo‘lga chiqqan Nexia haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezdni ko‘rib ham temir yo‘l kesishmasidan tezroq o‘tib ketish maqsadida qatnov qismiga o‘tib ketadi. Natijada 029 sonli teplovozning old qismi Nexia`ning chap tomoniga urilgan.

Hodisada avtomobil haydovchisi va uning yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qurbonlar Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xodimlari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

216

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing