Buxoroda oyog‘i bilan pianino chalgan “maestro” bo‘yicha munosabat berildi
Jamiyat
−
29 fevral
21559Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida bo‘lgani aytilayotgan, usta-quruvchilarning musiqa asbobining ustiga chiqib, "kuy chalgani" aks etgan video tarqaldi. Bunga Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi o‘z munosabatini bildirdi.
Madaniyat boshqarmasining bildirishicha, tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“Boqiy Buxoro tarixiy-etnografik parki qurilishi munosabati bilan Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi barcha jihozlari, shu jumladan, barcha musiqa asboblari bilan boshqa binoga ko‘chirilgan. Buxorodagi qurilish ishlariga jalb etilgan usta-quruvchilar esa videodagi kabi maxsus kiyim-boshda bo‘lmagan”, deyiladi munosabatda.
Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabining Buxoro shahar, Hofiz Tanish Buxoriy ko‘chasi 1-uyda joylashgan binosi mazkur hudud Buxoro shahar turizm markaziga aylantirilayotgani munosabati bilan buziladigan binolar ro‘yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, kelgusida Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi uchun zamon talablariga mos yangi o‘quv binolari, yotoqxona hamda konsert zali qurib berilishi rejalashtirilgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi