Buxoroda nimalar bo‘lyapti? Otabekov koronavirusga chalinganlar keskin ko‘payganiga izoh berdi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida so‘nggi kunlarda koronavirusga chalinganlar soni keskin oshib ketdi. Bu holat odamlarda xavotir tug‘dirdi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov holat bo‘yicha tushuntirish berdi.

“Buxoro viloyatiga uchta davlatdan hamyurtlarimiz olib kelingan. Dastlab Turkiya davlatidan 239 ta fuqaroimiz olib kelingan. Mana shu 239 nafar fuqaro Turkiyadagi Istanbul aeroportida 8 soat hech qanday himoyasiz qolib ketgan. Demak ular o‘zlarining himoyasini esdan chiqarib qo‘ygan. Kelganlaridan keyingi dastlabki tekshiruvda ularning 66 nafarida kasallik aniqlangan. 

Bundan tashqari Buxoro viloyatiga Rossiyadan ikkita resda 530 fuqaro olib kelindi, ular orasida ham koronavirusga chalinganlar bor. Bular 2-5 kungacha himoya vositalarisiz, muloqot qilib, birga yashashgan”, dedi Otabekov.

Ma’lumot uchun, 6 aprel kuni bu viloyatda bemorlar soni 19 nafar edi, 7 aprelga kelib bemorlar soni keskin o‘sishi kuzatilgan va ular soni 84 nafarga yetgani xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 534 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 30 nafari davolangan, 3 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

656

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing