Buxoroda mudhish YTH: Nexia 9 yashar bolaning ustiga ag‘darildi (video)

3-sahifa 19442
image

Kecha, 23 noyabr kuni Buxoroning Qorako‘l tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi (YTH) sodir bo‘ldi. Unda 9 yashar bola avtomobil tagida qolib, jarohatlandi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

YTH 16:30 larda Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani hududidan o‘tuvchi 4R-76 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida joylashgan 15-maktab yaqinida sodir bo‘lgan. 

1999 yilda tug‘ilgan haydovchi Z.M. Nexia-2 rusumli avtomobilda tezlikni me’yoridan oshirib harakatlanayotgan vaqtda piyodalar o‘tish joyidan velosipedni yetaklab o‘tayotgan fuqaroning velosipedini urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar yo‘lakchasida ketayotgan ikki nafar bolani urib yuborib, avtomobil ag‘darilgan.

YTH natijasida piyodalardan biri, 2013 yilda tug‘ilgan U.U. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 474
Reyting: 3.1
Teglar
YTH
t
×