Buxoroda mehmonxonada yong‘in yuz berdi

3-sahifa

image

Bugun, 30 may kuni soat 07:43 da Buxoro shahridagi mehmonxona yerto‘lasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Shaharning M.Iqbol ko‘chasida joylashgan “Saxid Zarafshan” “DEVELECO GROUP” MCHJ mehmonxonasining yerto‘lada joylashgan Boyler yozuvli suv isitish qozonining yuza qismidagi elektr simlari  yongan.

Yong‘in qutqaruvchilarining sa’y harakatlari bilan 07:52 da o‘chirilgan. Qutqaruv vaqtida mexmonxonadagi 24 nafar fuqarolar xavfsiz joyga olib chiqilgan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra yong‘inning sababi elektr simlarining nosozligi deb taxmin qilinmoqda. Hozirda moddiy zarar aniqlanmoqda. Yong‘inga 4 ta yong‘in qutqaruv avtoekipajlari jalb etilgan.

Yong‘indan kuyish tan jarohati va halok bo‘lish holatlari bo‘lmadi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing