Buxoroda mashinasining raqamini o‘zgartirib yurgan haydovchi 145 marta radarga tushdi (video)
3-sahifa
−
15 fevral
4652Buxoro viloyatining Vobkent tumanida mashinasining davlat raqamini o‘zgartirib, 145 marta radarga tushgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsiligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vobkent tumanida yashovchi shaxs o‘zining Mitsubishi rusmuli mashinasiga taqilgan va Rossiyaga tegishli bo‘lgan davlat raqamini o‘zgartirib, yuqori tezlikda harakatlanib yurgan va ko‘plab qoidalarni buzgan.
Ushbu haydovchi qoidalarga rioya qilmay, tezlikni oshirgani uchun 145 marta radarga tushgan. Shundan so‘ng, mashina qidiruvga berilgan. Uning jarimalari miqdori 89 mln 147 ming so‘mga yetgan. Mashina jarima maydoniga qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazovning Toshkent viloyatida 15 daqiqa ichida 4 marotaba radarga tushgani xabar qilingandi. Shundan so‘ng, ushbu holatga Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirgandi. Unga ko‘ra, Jenisbek Piyazovga tegishli bo‘lgan transport vositasi Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi D 012 “Bektemir sh. – Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 45 va 50 kilometrlaridagi qo‘zg‘almas ustunga o‘rnatilgan statsionar radarlar orqali va ushbu yo‘lning 24 va 31 kilometrlarida xizmat olib borayotgan 2 ta mobil kompleksli (turli xil avtomobillarga o‘rnatilgan) radarlar orqali yo‘l harakati qoidalarini, ya’ni belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilmasdan tezlikni oshirib harakatlangani qayd etilgan.
LiveBarchasi