Buxoroda kuchli portlash ro‘y berdi. Jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda

3-sahifa

image

Kecha, 13 oktyabr Buxoroda Peshko‘ tumani Chig‘irchi MFY Yangibozor ko‘chasida portlash yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining ma’lumotlariga ko‘ra, Matiz rusumli avtomobilning portlagan. 

Soat 11:30 da 53 yoshli X.M. o‘ziga tegishli oq rangli Matiz rusumli avtomashinasida harakatlanib kelib, avtomobilini Peshko‘ tumani Chig‘irchi MFY Yangibozor ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘koni qarshisida qoldirgan va o‘zi dori vositalari xarid qilish maqsadida dorixonaga kirib ketgan. Shu vaqtda avtomobil yukxonasiga o‘rnatilgan gaz ballonda portlash yuz bergan. 

Jiddiy jarohat olganlar yo‘q. 

Portlash oqibatida Matiz’ning yonida turgan yana 2 ta avtomobilga turli darajada texnik shikast yetgan.   

Hodisa joyiga zudlik bilan tergov tezkor guruhi yetib kelgan. Ayni vaqtda Peshko‘ tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni Koreya Respublikasi Busan shahrida joylashgan korxona tomonidan 2011 yilda ishlab chiqarilgan. 65m3 sig‘imli,  ishchi bosimi 200 atmosferaga ruxsat etilgan ushbu gaz balloni 2018 yilning 8 oktyabr kuni o‘rnatilgan. Uning chidamlilik tekshiruv muddati 2021 yil 7 oktyabrgacha etib belgilangan. 

Hozirda portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro portlash

Baholaganlar

675

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing