Buxoroda xavfli manyovrlar qilgan to‘y korteji ishtirokchilari javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

4 yanvar kuni Buxoro viloyati, Olot tumanida qora rangli 11 ta avtomobildan iborat to‘y korteji guruh bo‘lib, xavfli manyovrlar bilan harakatlangan. Shundan so‘ng, avtomobil haydovchilari Buxoro Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Bildirilishicha, kortejdagi mashina haydovchilari tor va changli yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib, tanasini avtomashina derazalaridan chiqargan holda bir nechta qoidabuzarliklarni sodir etgan. Shuningdek, ular signal chalib, shovqin ko‘targan. Bu esa odamlarda norozilikni keltirib chiqargan. 

Bu ham yetmagandek, ushbu holat aks etgan video o‘z-o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilish maqsadida internet orqali tarqatilgan. 

“Holat Buxoro viloyati yo‘l boshqarmasi xodimlari tomonidan zudlik bilan o‘rganildi. Qishloq bo‘ylab xavfli manyovrlar qilib harakatlangan yoshi 30 dan oshmagan 11 ta avtomashina haydovchilari topilib, qonuniy javobgarlikka tortildi”, deydi viloyat IIB JXX YHXB matbuot kotibi Ulug‘bek Shukurlayev holat yuzasidan tushuntirish berar ekan.

Bildirilishicha, kortejdagi avtomashinalar vaqtinchalik ushlab turish uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro javobgarlik manyovrlar to'y korteji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing