Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan shaxs 2 yilga qamaldi
3-sahifa
−
13 avgust
6985Buxoro viloyatida noqonuniy baliq ovlagan fuqarolarga sud tomonidan yakuniy jazo tayinlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 16 dekabr kuni “Og‘itma” ko‘lidan 4 nafar fuqaro Qizil kitobga kiritilgan 12 dona Turkiston mo‘ylovdori, 7 dona tovonbaliq, 17 dona zog‘ora hamda 1 dona moybaliqni taqiqlangan usulda, ya’ni to‘r yordamida ovlagani aniqlangan. Oqibatda tabiatga 292 million 162 ming so‘m zarar yetkazilgan va hujjatlar sudga taqdim etilgan.
Holat yuzasidan 3 nafar huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 202-moddasi (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) 3-qismi bilan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, yana bir huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismining “g”, “e”, “j” bandlari bilan Jinoyat kodeksning 57-moddasi qo‘llanib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Konimex tumanida noqonuniy ravishda 218 bosh baliq ovlab, tabiatga 1 mlrd 240 mln so‘m zarar yetkazgan shaxs aniqlangandi.
LiveBarchasi