Buxoroda qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Jondor tumanining “Xumin” mahallasida yashovchi 43 yoshli shaxs o‘z uyida qimorxona tashkil etgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 21 dekabr kuni soat 20:30 larda fuqaro uz uyi mehmonxonasida bir guruh qishloqdoshlarini yig‘ib, qimorxona tashkil etish va o‘yinni o‘tkazish jinoyatini sodir etgan. Qishloqdosh yigitlar manzilda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yin o‘ynayotgan paytida tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, ularga tegishli ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

"Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda qimor o‘yini tashkilotchisi qariyb 5 yilga “kesilgandi”.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Buxoro qimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing