Buxoroda qariyb 9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Kogon tumanida 8,85 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 27 noyabr kuni Buxoro viloyati Kogon tumanida gaz ta’minoti komplayens nazorat tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat ishchi guruh o‘tkazgan reyd jarayonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Tumanning “Tutkunda” MFYda joylashgan “B.B.” MJCHga qarashli issiqxonada gaz hisoblagichidan tashqari yer osti quvuri orqali aholi uchun mo‘ljallangan gaz quvuriga yashirincha ulanib, tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilingan va 8,85 mlrd so‘mlik zarar keltirilgani aniqlangan. Mazkur jarayon bo‘yicha to‘plangan barcha daliliy ashyo va hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquq-tartibot organlariga topshirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanib, jami 2,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan metan “zapravka” aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro issiqxona tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing