Buxoroda qalbaki pul yasagan yigitlar qamaldi
3-sahifa
−
19 mart
5535Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi yigitlar 100 va 200 ming so‘mlik kupyuralarni o‘z xonadonida qalbakilashtirib, muomalaga kiritishga uringani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, jinoiy guruh 19 dona 100 ming so‘mlik jami 1 mln 900 ming so‘m pul kupyuralari, 49 dona A4 formatidagi qog‘ozlarda 98 dona qiymati 100 ming so‘mlik jami 9 mln 800 so‘m pul kupyuralarini printer yordamida qalbakilashtirganligi aniqlangan.
20-21 yoshli yigitlarni sud kursisiga yetaklagan ushbu jinoiy ish Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan. Sud hukmiga ko‘ra, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 59- va 61- moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qariyb 10 ming dollar qalbaki pulni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlangan edi.
LiveBarchasi