Buxoroda Ispaniya fuqarosi vafot etdi
3-sahifa
−
09 iyun 2023
14701Buxoroda Ispaniya fuqarosi to‘satdan hushidan ketib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 7 iyun kuni Ispaniya fuqarosi 1958 yilda tug‘ilgan Amez Perez Antonio Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan Haqiqat ko‘chasida buyumlar savdo rastasi oldida savdolashib turgan vaqtida to‘satdan hushidan ketib, voqea joyida vafot etgan.
Amez Perez Antonio tobi qochib yiqilganidan so‘ng 22 daqiqa o‘tib, tez tibbiy yordam xodimlari voqea joyiga yetib kelgan.
Hozirda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida velosiped haydab ketayotgan Italiya fuqarosi Nexia-2 urib ketishi oqibatida vafot etgandi.