Buxoroda ikkinchi bolasini ham o‘ldirgan ayol qo‘lga olindi
3-sahifa
−
08 Oktabr
19430Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Buxoro shahrida ayol joriy yilning 4 oktyabr kuni o‘zining 3 yoshli farzandini urib o‘ldirgani, asli Surxondarë viloyatidan bo‘lgan ushbu ayol bundan oldin yana bir bolasini o‘ldirib qamoqda o‘tirib chiqqani va yana ayni jinoyatga qo‘l urgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ hodisa yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan 4 oktyabr kuni Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2 - qismi ”v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u himoya huquqi ta’minlangan holda Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 16 yoshli o‘smir opasini yigitlar bilan uchrashib yurganlikda ayblab, uni urib o‘ldirgandi. 2008 yilda tug‘ilgan A.D. “yigitlar bilan munosabatga kirishib yurganligi” vaji bilan 2006 yilda tug‘ilgan opasining boshiga va tanasining turli joylariga tayoq va metall jism bilan urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda qiz voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, Namangan viloyatining Pop tumanida erkak qarindosh oilaning uch nafar a’zosi – ona va uning ikki nafar farzandini pichoqlab, o‘ldirgandi.
LiveBarchasi