Namanganda sodir bo‘lgan YTHda 8 yoshli bola halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Namangan shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 22 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni soat 12:30 da Diyor ko‘chasida “GAZ-53” rusumli yuk mashinasi haydovchisi o‘zidan oldinda velosiped boshqarib ketayotgan bolani payqamay qolgan. Bola velosiped bilan keskin chapga qayrilgan vaqtda yuk mashinasi haydovchisi uni ko‘rmay qolib, urib yuborgan.

Oqibatda bola og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Biroq muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Marg‘ilon shahrida Nexia-2 velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani urib yuborgandi. Bola tan jarohati olgan. U shifoxonaga olib borilgan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 23 sentyabr kuni Samarqand viloyatida Tracker piyodalar yo‘lagidan velosipedda o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda velosipedchi tan jarohati olib Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan bola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing