Buxoroda ikki qishloq fuqarolari ommaviy janjallashdi

3-sahifa

image

Buxoroda ikki qishloq fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol o‘yini ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 5 fevral kuni taxminan soat 16:00 larda Jondor tumani “Nurafshon” mahallasining “Moxon” qishlog‘ida joylashgan stadionda “Tobagar” va “Chandir” qishloqlari fuqarolari o‘zaro futbol o‘yini o‘tkazilgan. O‘yin vaqtida ikki tomon o‘rtasida janjal yuz bergan.

Futbol o‘yinining tashkil qilinishi, o‘yin davomida sodir bo‘lgan janjal va bu jarayonda biror bir fuqaroning tan jarohati olganligi to‘g‘risida fuqarolarning o‘zi yoki boshqa shaxslar tomonidan Ichki ishlar boshqarmasining 102 avtomatlashtirilgan tizimiga, tibbiy muassasalarga, 103 qisqa raqamli tez yordam xizmatiga, tuman IIB navbatchilik qismi va hududiy profilaktika inspektoriga murojaat kelib tushmagan.

Holatga va ushbu fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish hamda ularning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida Buxoro viloyati IIB hamda Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

janjal futbol

Baholaganlar

1397

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing