Buxoroda ikki elektrik ish vaqtida vafot etdi
3-sahifa
−
08 Oktabr
9028Joriy yilning 2 oktyabr kuni Buxoro viloyatida joylashgan “Qorako‘l” podstansiyasida 2 nafar mutaxassis texnik nosozlik oqibatida vafot etgan. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jamiyatning “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 500 kV kuchlanishli podstansiyasida 2 nafar mutaxassis o‘limiga sababchi bo‘lgan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.
Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa to‘g‘risida shu kunning o‘zida tegishli organlarga xabar berilgan. Ayni paytda baxtsiz hodisa sabablari vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganilmoqda.
QALAMPIR.UZ hodisa yuzasidan jamiyat matbuot kotibi bilan bog‘landi. Unga ko‘ra, vafot etgan xodimlarning oilasiga kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilishi ta’minlanadi. Holat yuzasidan yana qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi shlakoblok g‘isht ishlab chiqaradigan zavodda ishchi baxtsiz hodisa qurboni bo‘lgandi. “Zargaron” MFY Kudre qishlog‘ida yashagan G‘.Q. “SNAKMAN” rusumli yuk mashinasi tirkamasidagi sementni tushirayotgan vaqtida uning borti tushib ketishi oqibatida og‘ir jarohat olib, vafot etgan. Fojiaga sabab bo‘lgan tirkamali yuk mashinasi G‘ijduvon tumanida joylashgan jarima maydonchasiga joylashtirilib, uning texnik sozligi tekshirilishi belgilangan.
LiveBarchasi