Buxoroda Lacetti ikki o‘quvchini urib ketdi. Qurbon bor (video)
3-sahifa
−
03 Oktabr
10348Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2 nafar piyodani Lacetti haydovchisi katta tezlikda kelib urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Hodisa yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, holat kecha, 2 oktyabr kuni soat 05:54 da Qorako‘l tumanida O.M. Lacetti avtomashinasida Qorako‘l tumani markazidan avtoboshbekat tomon harakatlanib borayotgan vaqtida 15-sonli IDUM to‘g‘risida joylashgan tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan o‘ziga nisbatan o‘ngdan chapga o‘tayotgan ikki nafar o‘quvchini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Bir nafar piyoda YTHda olgan tan jarohatlari oqibatida Qorako‘l tuman shifoxonasida vafot etgan. Ikkinchi o‘quvchi hozirgi kunda shifoxonada davolanmoqda.
Haydovchi O.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlab turish asoslari) tartibida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Cobalt rusumli mashina 41 yoshli erkakni urib yuborgan va oqibatda piyoda vafot etgandi. Samarqand viloyatida “Jiguli” va Spark ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida esa 4 yoshli qiz vafot etgandi.