Buxoroda eri xorijdan pul yubormagani uchun ayol bolalarini kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol o‘zining qizlarini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.
 

Ma’lum qilinishicha, voqea Buxoro viloyati Jondor tumanida sodir bo‘lgan. Ayol turmush o‘rtog‘i xorijdan pul yubormagani uchun voyaga yetmagan chamasi 3-4 yoshlar atrofidagi ikki nafar egizak qizlari – F. va M.ni kaltaklagan. Ayolning eri bir necha yildan buyon Rossiyada ishlab kelmoqda. Erining ular holidan xabar olmayotgani va yetarlicha pul jo‘natmayotganiga jahl qilib, ayol voyaga yetmagan qizlarini urib, kaltaklab, videotasvirga olgan va uni turmush o‘rtog‘iga jo‘natgan.

Hozirda holat yuzasidan Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahrida ota 14 yashar o‘g‘lini ayovsiz urgandi. Shuningdek, Toshkentda erkak to‘rt yashar nabirasini yuz qismiga urib, kaltaklagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro ayol Jondor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing