Buxoroda er-xotin va ularning farzandi bo‘lgan attraksion uzilib ketdi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida er-xotin va ularning farzandi o‘tirgan attraksion uzilib, 6 metr uzoqlikka uchib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro shahar Xo‘jag‘unjoriy mahallasida joylashgan “Somoniylar” istirohat bog‘i hududidagi “Tvister” nomli charxpalak attraksionidagi bitta arg‘imchoq o‘z o‘qi atrofidan chiqib, taxminan 6 metr uzoqlikka uchib ketgan. O‘sha paytda arg‘imchoqda bo‘lgan Q.S., uning turmush o‘rtog‘i X.A. va ularning farzandi F.A. tan jarohati olgani aniqlangan.

"Hozirgi vaqtda jabrlangan fuqarolarning salomatligi yaxshi" deyiladi xabarda

Ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Namangandagi gullar bayrami tadbirida attraksion bolani qisib qolgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro er-xotin attraktsion

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing