Buxoroda “choy” laqabli 17 mlrd so‘mlik sigareta aniqlandi
3-sahifa
−
23 Sentabr
6504Buxoro viloyatida yirik miqdordagi tamaki mahsulotlari qora choy nomi ostida respublika hududidan olib o‘tilayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Xo‘jadavlat” temiryo‘l chegara bojxona posti orqali kirib kelgan va respublikadan tranzit tarzida o‘tayotgan yuk poyezdi konteynerlaridan biriga hujjatlarga ko‘ra, 16 tonnadan ziyod qora choy yuklangan bo‘lishi lozim edi.
Ammo, bojxona ko‘rigi davomida mazkur konteynerga choy emas, aksincha butunlay boshqa tovar – 2 nomdagi 705 500 quti sigaretalar ortilgani fosh bo‘ldi. Boz ustiga mahsulotlar qonunchilik talabiga binoan qabul qiluvchi davlatning aksiz markasi bilan tamg‘alanmagan.
“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 17 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda va hozirda vaqtincha saqlovga olingan. Holat yuzasidan esa bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda SSSR tangalarini Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
LiveBarchasi