Buxoroda bozor qurilishidagi 593 mln so‘m talon-toroj qilindi
Jamiyat
−
11 iyun 2020
5965Buxoro viloyatining Kogon shahrida dehqon bozori qurilishida yirik miqdorda talon-torojlik sodir etilgan. Bu haqda Bosh Prokuratura axborot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Ushbu masala yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Aniqlanishicha, “S.Qurilish” UK sobiq rahbari M.Q. “Sohibkor dehqon bozori” MCHJda qurilgan savdo do‘konlari uchun to‘lovlar to‘liq to‘langanligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlarni tuzish orqali fuqarolar nomiga savdo do‘koniga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarni olishga erishib, “S.Qurilish” UK manfaatlariga 593,4 mln so‘m zarar yetkazgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan M.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Navoiy viloyatida sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalar Moliya vazirligining Navoiy viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pul mablag‘lari talon-taroj qilingani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi