Buxoroda bolasini 2 yildan beri kaltaklab kelgan ona qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelganligi yuzasidan S.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi "a,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, so‘ng tergov davomida ayblanuvchiga Jinoyat kodeksining 104-moddasi bo‘yicha qo‘shimcha ayb e’lon qilinib, bu jinoyat ishi sudga yuborilganligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Mazkur ish bo‘yicha ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi ishni mazmunan ko‘rib chiqib, joriy yilning 2 may kuni chiqarilgan sud hukmiga ko‘ra S.N. Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi, “v” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilib, 3 yil ozodlikdan mahrum qilingan.

Bildirilishicha, bugungi kunda Shofirkon tumani “Inson” ijtimoiy markazi tomonidan 2018 yilda tug‘ilgan S.F.ga dastlabki tarzda vasiy sifatida B.Z. (ayol) tayinlanib, bola uning qaramog‘iga topshirilgan. 

"Hozirda vasiylik va homiylik organi tomonidan S.N.ni farzandiga nisbatan bo‘lgan onalik huquqidan mahrum qilish masalasi bilan bog‘liq tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bolalar ombudsmani bolaning kelgusi taqdirini belgilash jarayonlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro bola Shofirkon ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing