Buxoroda bolalarini kaltaklagan ayol jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Buxoro viloyatining Jondor tumanida eri xorijdan pul yubormagani uchun ayol voyaga yetmagan chamasi 3-4 yoshlar atrofidagi ikki nafar egizak qizlarini kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Bugun, 20 iyul kuni ushbu ayol farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona sifatida ro‘yxatga olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tergovga qadar tekshiruv doirasida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 2020 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O‘.S. va 2021 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O‘.S.da hech qanday tan jarohati aniqlanmagan.

Biroq, I.M. ismli ayolning o‘z bolalariga nisbatan nomaqbul harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismida (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan. U tegishli jarima jazosiga tortilgan va farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ona sifatida ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahrida ota 14 yashar o‘g‘lini ayovsiz urgandi. Shuningdek, Toshkentda erkak to‘rt yashar nabirasini yuz qismiga urib, kaltaklagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro jarima Jondor tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made