Buxoroda “birja”ga pul tikkan fuqaro 19 ming dollaridan ayrildi
3-sahifa
−
05 dekabr 2023
12650Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi 44 yoshli fuqaro "birja"ga pul tikib, bank kartasidagi 19 ming AQSH dollaridan ham ayrildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 44 yoshli Q.G‘. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 19 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi 21 yoshli A.B. sodir etganligi aniqlangan.
Aniqlanishicha, gumonlanuvchi A.B. fuqaro Q.G‘. bilan Telegram messenjerida tanishib, "FOREX" elektron birjasida pullarini ko‘paytirib berishini va’da qilib, jami 19 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larni o‘z hisobiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborgan. Qo‘lga kiritilgan pullarni esa o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
"Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.B.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
LiveBarchasi