Buxoroda bank xodimi 41 kishining plastigidan pul o‘g‘irladi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatida 21 yoshli bank xodimi 41 kishining plastigidan 21 milliondan oshiq pullarni o‘g‘irlagani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, bank kartasi hisobidan pullar yo‘qolganini bildirgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida pullarni o‘zlashtirgan shaxs bank xodimi ekani aniqlangan.

Tergov harakatlari davomida ushbu xodim 2022 yil noyabr oyidan 2023 yil 29 may kuniga qadar fuqarolarning pensiya to‘lovlari, moddiy yordam va 2 yoshgacha nafaqa pullarini olish maqsadida ochilgan 48 ta bank kartalarining 41 tasidan jami 21 million 900 ming so‘m pullarni o‘g‘irlagan. U bu pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Ushbu holat yuzasidan 2002 yilda tug‘ilgan G‘ijduvon tumanidagi bank filiali sayyor kassa kassiriga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda o‘g‘irlangan mablag‘larning barchasi qoplanib, holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro kiberjinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing