Buxoroda ayol “ofat”dan qo‘rqib, tillalarini o‘g‘irlatdi (video)
3-sahifa
−
02 noyabr
17341Joriy yilning 24 oktyabr kuni Buxoro viloyatida noma’lum shaxs bir ayolning tillalarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat taxminan ertalabki 9:15 da noma’lum shaxs Buxoro tumanining Rabotpayon mahallasida yashovchi fuqaroning o‘ta soddaligi va ishonuvchanligidan foydalanib, uni ofat kutayotganini aytib qo‘rqitgan. Bu ofatdan qutqarish uchun umumiy bahosi 10 million so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, qochib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu jinoyatni Buxoro tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan shaxs sodir qilgani ma’lum bo‘lgan. Hozirda uning boshqa sheriklari borligi gumon qilinib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining “Eski jo‘va” bozorida joylashgan zargarlik do‘konidan 49 million so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan 12 yoshli bola va uning onasi qo‘lga olingandi.