Buxoroda arzimagan pulga uyini fohishaxonaga aylantirganlar aniqlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining ikki tumanida arzimagan pul evaziga uyini fohishaxonaga aylantirgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, viloyatning Kogon shahar Arabxona ko‘chasida yashovchi A.G‘. uyidan xona ajratib, bir erkak va ayolning o‘zaro jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan. Buning evaziga ulardan 200 000 so‘m pullarni olib, fohishaxona tashkil etgan.

Yana bir holatda joriy yilning 5 may kuni taxminan soat 16:00 larda Vobkent tumanining “Xalach” mahallasida yashovchi Q.M. moddiy manfaat ilinjida bir erkak va ayolning jinsiy aloqada bo‘lishlari uchun alohida o‘zining uyidan xona ajratib sharoit yaratib bergan. Evaziga esa 100 000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, fohishaxona tashkil qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro fohishaxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing