Buxoroda Bosh vazir ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazilyapti
Jamiyat
−
17 avgust 2020
29746Ayni vaqtda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Buxoroda bo‘lib turibdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Viloyatda Bosh vazir rahbarligida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilyapti. Yig‘ilishda viloyatga vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi tayinlanyapti.
Ma’lumot uchun, Abdulla Aripov boshchiligidagi yig‘ilishda Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov ishtirok etmayapti. U koronavirusga chalingan va Toshkentdagi shifoxonada davolanyapti.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolovning sog‘lig‘i haqida xavotirli xabarlar tarqalmoqda. Ammo bu haqda hozircha rasmiy xabar berilgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Karim Kamolov koronavirusga chalingani 30 iyul kuni ma’lum bo‘lgandi. Keyinroq Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromov koronavirusga chalingan amaldorlarning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi