Buxoroda aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi
Jamiyat
−
17 iyun 2020 10303 1 daqiqa
2020 yil 17 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 77 nafarga oshib, 5638 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 73 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida) qayd etilgan.
Bugunga qadar O‘zbekistonda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
“Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1523 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr