Buxoroda Ahmadboyning “izdoshi” odamlarning 633 400 AQSH dollarini yeb yubordi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati Peshku tumanida “Moliyaviy piramida” tashkil etish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Peshku tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.Z. mulkiy manfaat berish bo‘yicha o‘z zimmasiga majburiyat olish yo‘li bilan fuqarolarning pul mablag‘lari va mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatini amalga oshirgan.  U joriy yilning yanvar oyidan noyabr oyiga qadar 21 nafar fuqarolarning 633 400 AQSH dollari va 22,5 mln so‘m pullarini olib, ularning oldida olgan majburiyatlarini yangi jalb etilgan pul mablag‘lari hisobidan qisman bajarib, fuqarolarning 577 400 AQSH dollari va 22,5 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Shuningdek, fuqaro Sh.Z. jinoiy faoliyati davomida qo‘lga kiritgan mablag‘larining asl xususiyati va manbaini yashirish maqsadida 153,0 mln so‘mga Lada Vesta rusumli avtomashina sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadini legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ahmadboy Moliyaviy piramida

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing