Buxoroda 5 kishi kanalizatsiya quvurida oqib ketdi. 3 ta jasad topildi

3-sahifa

image

Kecha, 4 sentyabr kuni Buxoro viloyatida 5 kishi kanalizatsiya quvurida oqib ketdi. Ulardan 3 nafarining jasadi topilgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 12:02 da Buxoro viloyati FVB tomonidan Buxoro viloyati IIB “102” qisqa raqamiga Buxoro tumani “Bog‘idasht” qishlog‘i hududidan o‘tuvchi markaziy kanalizatsiya quvuriga Buxoro shahar 7-mikrorayonda qurilayotggan yangi ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini ulayotgan 5 nafar ishchi ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgani to‘g‘risida xabar berilgan.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida kecha, 4 sentyabr kuni soat 12:00 larda “Fayz binokor Oltiariq” MCHJning jami 5 nafar ishchisi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hududdan o‘tgan kanalizatsiyada ta’mirlash ishlarini olib borgani aniqlangan. Ushbu jarayonda “O‘rta Osiyo qurilish” MCHJga qarashli Kamaz rusumli kran haydovchisi hajmi 1000 diametr, chuqurligi 8 metr bo‘lgan mazkur kanalizatsiyaga yangi qazilgan kanalizatsiyani birlashtirish (ulash) uchun ichki tomondan tuynuk ochish maqsadida Buxoro viloyati Suv va oqava ta’minoti bo‘yicha injiniring kompaniyasining ruxsatisiz qopqoqni joyidan ochgan. Shu tariqa mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagani ortidan 5 nafar ishchi ushbu kanalizatsiyaga tushib ketib, kuchli oqim tufayli oqib ketgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida Buxoro tumani “Zarmanoq” MFY hududidan o‘tuvchi oqova suvlarni uzatgich punktidagi quvurlar ichidan 3 nafar fuqaroning jasadi topilgan. Qolgan 2 nafar fuqarolarni topish choralari ko‘rilmoqda.

Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Seoul Mun sayilgohi hududidan o‘tgan kanalda 17 yoshli yigit bosh kiyimini olish maqsadida suvga tushib, oqib ketgani va keyinroq uning jasadi topilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro kanalizatsiya quvuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing