Buxoroda 33 yoshli hamshirani poyezd urib ketdi

Jamiyat

image

E’tiborsizlik ko‘pgina xatolarga yetaklaydi. Ayniqsa, bu holat transport yo‘llarida sodir etilsa, inson hayotiga katta xavf solishi turgan gap. Buxoroda poyezd urib ketishi oqibatida vafot etgan 33 yoshli hamshira ayol bunga yaqqol misol.

Joriy yilning 18 dekabr kuni Buxoro viloyatida Nukus – Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi poyezd soat 23: 18 da harakatlanib ketayotgan vaqtda 1987 yilda tug‘ilgan ayolni urib ketgan. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.  

Ushbu mudhish hodisa oqibatida tan jarohatlari olgan ayol voqea joyida vafot etgan.

Ikki nafar farzandning onasi Kogon shahridagi shifoxonada ishlagan. Olib borilgan surishtiruvlarga ko‘ra, Kogon tumani “Ubacho‘li” mahallasida yashab kelgan va u Kogon shahridagi shifoxonada hamshira bo‘lib ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro

Baholaganlar

1587

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing