Buxoroda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
23 yanvar 2023 8333 1 daqiqa
Buxoroda 3 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hosisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Bugun, 23 yanvar kuni soat 08:22 larda Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi”avtomobil yo‘lida Nexia-3, Spark hamda Damas mashinalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Qayd etilishicha, ushbu transport vositalariga moddiy zarar yetgan.
Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ham uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.