Buxoroda 20 bolani Damas’ga yuklab ketayotgan haydovchi ushlandi (video)

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Jondor tumanida ikki holatda Damas mashinasiga 20 va 16 nafar bolani yuklab, bog‘chaga olib ketayotgan haydovchilar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi yo‘lovchi tashish qoidalariga zid ravishda, bir o‘rindiqqa 3-4 nafar bolani o‘tkazgan.

Qolaversa, tumanning yana bir hududida Damas avtomashinasida 16 nafar bolani tashilayotgani aniqlangan. Bunday holatga yo‘l qo‘ygani uchun maktabgacha ta’lim tashkilotining mutasaddilari, haydovchilar va bolalarning ota-onalariga tushuntirishlar berilgan.

Ikki holatda ham haydovchilar o‘z qilgan ishlaridan afsusda ekanligi va bu ishni qayta takrorlanmasligini bildirgan. Qolaversa, ularga qonun doirasida choralar ko‘rilgan.

Shu bilan birga, ikkala maktabgacha ta’lim tashkilotida ham tarbiyalanayotgan bolalarning ota-onalari ishtirokida muhokamalar olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan xususiy bog‘chalardan biri Damas’da 32 nafar voyaga yetmagan bolalarning hayotini xavfga qo‘yib, manziliga olib borayotgan vaqtda to‘xtatib qolingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing